logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Ferran - "Barsa" safidagi 50-goli haqida: "Buni bilmasdim"

 3 NOYABR, 2025, 09:06

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres jamoa safidagi 50-golini urdi. Ispaniyalik futbolchi yakshanba kuni La Liganing «Elche»ga qarshi bahsida (3:1) gol urib, bu natijaga erishdi.

Uchrashuvdan so'ng 25 yoshli hujumchi jurnalistlar bilan suhbatda shunday dedi:

«Bu mening “Barselona” uchun 50-golim ekanligini bilmasdim, lekin juda xursandman. Oldinda yana ko'p gollar bor. Mavsumni yaxshi boshladim, murabbiy ham, jamoa ham mendan mamnun. Men shiddat bilan mehnat qilishda davom etaman», — deya Torresning so'zlarini keltirgan Barca Universal nashri.

Ferran Torresga «ko'k-anorranglilar» safida 50 gol urish uchun 170 ta uchrashuv kerak bo'ldi. Eslatib o'tamiz, futbolchi 2022 yil boshida «Manchester Siti»dan Kataloniya klubiga o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ