logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:38
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Siti» markaziy zonani La Liga futbolchisi bilan to'ldirmoqchi

 9 DEKABR, 2022, 18:07

«Manchester Siti» yaqin kelajakda jamoaga qo'shilishi mumkin bo'lgan o'yinchilarni qidirmoqda. 

Calciomercatoweb xabariga ko'ra, «Vilyarreal» yarim himoyachisi Aleks Baena Angliyaning amaldagi chempioni nishoniga tushgan. Futbolchiga «Chelsi» va «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli Aleks Baena ushbu mavsum barchaning e'tiborni tortdi. U barcha musobaqalarda 21 o'yinda 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli transfermarkt portali ekspertlari Aleks Baenani 15 million evroga baholamoqda. Shu yilning bahorida Baena Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida debyut qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR