Allegri jamoasi 10 o'yindan beri yutqazmayapti
3 NOYABR, 2025, 08:42
«Milan» Massimiliano Allegri qo'l ostida so'nggi 10 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagan.
Yakshanba kuni «rossonerilar» A Seriyaning 10-turida «Roma»ni 1:0 hisobida engdi.
Joriy mavsumdagi yagona mag'lubiyat «Milan»ga 1-turda «Kremoneze»ga qarshi bahsda (1:2) nasib etgan edi. Shundan so'ng jamoa 7ta g'alaba qozondi va 3 marta durang qayd etdi.
Navbatdagi turda «Milan» 8 noyabr kuni safarda «Parma»ga qarshi o'ynaydi.

