logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Stefano Pioli A Seriya klubidan haydalishga yaqin turibdi

 3 NOYABR, 2025, 08:36

«Fiorentina» bosh murabbiyi Stefano Pioli yaqin soatlarda ishidan bo'shatilishi mumkin. Yakshanba kuni «binafsharanglilar» o'z maydonida «Lechche»ga 0:1 hisobida yutqazib, yana bir mag'lubiyatni qayd etdi.

10 turdan so'ng jamoa A Seriya jadvalida 4 ochko bilan so'nggi o'rinlardan birini egallab turibdi va haligacha biror g'alaba qozonmagan. Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Pioli ishdan bo'shatilishga yaqin turibdi va uning iste'fosi yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

«Fiorentina» bosh murabbiyi lavozimiga ehtimoliy nomzodlar orasida Tyago Motta, Daniele De Rossi va boshqa mashhur mutaxassislar bor.

Eslatib o'tamiz, Stefano Pioli jamoani joriy mavsum boshlanishidan oldin, iyul oyida qabul qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ