logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Barselona"ning faqat bir futbolchisi Reshforddan ko'ra ko'proq o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan

 3 NOYABR, 2025, 08:30

«Barselona»ning angliyalik vingeri Markus Reshford yana bir bor ajoyib o'yin namoyish etdi. Yakshanba kuni «ko'k-anorranglilar» o'z maydonida «Elche»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi, o'yindagi so'nggi gol aynan Reshford tomonidan urildi.

Angliyalik futbolchi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi — bu mavsumda u bu maqomni ikkinchi bor qo'lga kiritdi. The Touchline ma'lumotiga ko'ra, «Barselona» safida bu mukofotni undan ko'proq faqat Lamin Yamal olgan — 5 marta. Fermin Lopes ham ikki marta eng yaxshi o'yinchi deb tan olingan.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» chorshanba kuni Chempionlar ligasida safarda Belgiyaning «Bryugge» klubiga qarshi o'yin o'tkazadi.

Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»dan ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ