logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gvardiola: "Men bu jamoa bilan faxrlanaman"

 23 DEKABR, 2023, 16:30

Pep Gvardiola klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonganidan keyin "Manchester Siti" bilan faxrlanishini aytdi.

"Men bu klub bilan juda faxrlanaman. Biz qilgan ish ajoyib yutuqdir. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonish dunyoning eng yaxshi jamoasiga aylanish demakdir. Futbolchilarimiz, murabbiylarimiz, xodimlarimiz har kuni muvaffaqiyatga erishish uchun astoydil mehnat qilishadi.

Murabbiy sifatida men doimo yuqorida turganimizdan faxrlanaman. Qanchalik g'alaba qozonmaylik, qanday sovrinlarni ko'tarmaylik, keyingisi uchun yana kurashishga tayyormiz.

Trebl yutish o'ziga xos narsa, lekin yana ikkita sovrinni qo'lga kiritish va endi beshta yirik sovrinni qo'lga kiritish bu jamoa, klub va muxlislarning o'ziga xos mentalitetidan dalolat beradi.

Bu hech bir ingliz jamoasi erisha olmagan narsa va biz birga o'tkazgan ajoyib vaqtimizni doim eslaymiz", - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR