logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Flik: "Yamal hali ham og'riq his qilmoqda"

 3 NOYABR, 2025, 08:24

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Elche»ga qarshi 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng Lamin Yamalning sog'ligi haqida ma'lumot berdi.

18 yoshli vinger yakshanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda «ko'k-anorranglilar»ning birinchi goliga mualliflik qildi.

«Lamin juda intizomli o'yinchi, holati barqaror, ammo uning muammosi hali butunlay yo'qolgani yo'q — davolanishni davom ettirish kerak. U shifokorlar ko'rsatmalariga to'liq amal qilmoqda. Ammo, afsuski, hali ham ozgina noqulaylik his qilyapti, shuni inkor etib bo'lmaydi», — dedi Flik o'yindan so'nggi intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal so'nggi haftalarda son suyagi sohasida og'riq his qilmoqda, shuning uchun u hozircha jarrohlik amaliyotidan voz kechgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ