Roy Kin: "Titening raqs tushganiga tushinmadim"
9 DEKABR, 2022, 17:02
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Titeni tanqid qildi. Eslatib o'tamiz, "Pentakampeon"lar ustozi Janubiy Koreya bilan jahon chempionati finalining ⅛ o'yinida goldan keyin futbolchilar bilan raqsga tushgan edi.
"Raqib murabbiyi undan 10 metr uzoqda bo'lganida Tite qanday raqsga tushishini tushunmayapman. Futbolda bir-biringizga hurmat ko'rsatishingiz kerak. Siz echinish xonasida yoki tungi klubda raqsga tushishingiz kerak", - deb Kinning so'zlaridan iqtibos keltiradi Sport Bible.