Makron: "Zair-Emeri Evropa chempionatida mo'jiza yaratadi"
23 DEKABR, 2023, 16:12
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron «PSJ» va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Zair-Emeri Frantsiya terma jamoasining hozirgi yosh iqtidorlaridan biridir. Umid qilamanki, 17 yoshida u 2024 yilgi Evropa chempionati uchun tarkibga kiritiladi va u erda mo'jiza yaratadi. Bu uning uchun muhim voqea bo'ladi", - deya Makronning so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Eslatib o'tamiz, Zair-Emeri Frantsiyaning asosiy terma jamoasidagi debyutini 2023-yil 18-noyabr kuni Gibraltar bilan 2024-yilgi Evropa chempionati saralash o'yinida (14:0) o'tkazgan edi.
O'sha uchrashuvda 17 yoshli futbolchi terma jamoadagi ilk golini urdi. Biroq u 20-daqiqada to'pig'i shikastlangani uchun maydonni tark etdi.
Joriy mavsumda “PSJ” safida Zair-Emeri barcha turnirlarda 19 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.