logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Islam Maxachev nega Iliya Topuriya bilan jangga qiziqayotganini aytdi

 3 NOYABR, 2025, 08:16

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Islam Maxachev ushbu kamarning amaldagi sohibi Iliya Topuriya bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

- Ikki haftadan keyin seni Jek Della Maddalenaga qarshi jang kutmoqda. Lekin hamma Maxachev - Topuriya jangi haqida gapirmoqda, bu kun mavzularidan biri. Bu jang sen uchun ham qiziqmi?

- Menimcha, ha. Jang amalga oshsa yaxshi bo'lardi. Muxlislarga ham qiziq, menga ham. CHunki siz aytgandek, ko'p davralarda birinchi navbatda shu jang haqida gapirishadi.

- U haqda gapirishgani uchun ham qiziqmi? Yoki shaxsan o'zing jangga qiziqyapsanmi?

- Uning menga nima qizig'i bo'lishi mumkin? Agar men 70 kg ga tushsam va Iliya Topuriyani yutsam, u menga nima beradi? Yana kamar yutamanmi? U menda bor. Odamlarga birinchi navbatda u qiziqarli. Menga 70 kg gacha bo'lgan vaznni tashlash, yana o'zimni qiynash qiziq emas. Menga 77 kg vaznda jang qilish, ovqatlanish, lagerda xursand bo'lish va jang qilish qiziqroq", - dedi Maxachev "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.


Malumot uchun, Maxachev so'nggi jangini 18 yanvar kuni o'tkazdi. O'shanda Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati, AQSH) bo'lib o'tgan UFC 311 turnirining markaziy jangida Islam braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. Islam uchun bu engil vazn toifasida ketma-ket qo'lga kiritilgan 14-g'alaba bo'lgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ