logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Fermin Lopes so'nggi 3 o'yinda 6 ta samarali harakat qildi

 3 NOYABR, 2025, 08:12

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes so'nggi uchrashuvlarda ajoyib sport formasini namoyish etmoqda.

Yakshanba kuni 22 yoshli ispaniyalik futbolchi «Elche»ga qarshi (3:1) bahsda ikki golli uzatma berib, «ko'k-anorranglilar» g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bir hafta oldin u «Real»ga qarshi «el-klasiko»da (1:2) jamoasining yagona golini urgan edi, 21 oktyabr kuni esa Chempionlar ligasidagi «Olimpiakos»ga qarshi o'yinda (6:1) xet-trik qayd etgan.

Shu tariqa, Lopes so'nggi uch o'yinda 6 ta samarali harakatni (4 gol + 2 assist) amalga oshirdi.

Endilikda Xans-Diter Flik jamoasi 5 noyabr kuni Chempionlar ligasida Belgiyaning «Bryugge» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ