Gvardiola: "Umid qilamanki, bir kuni "Arsenal" yana gol o'tkazadi"
3 NOYABR, 2025, 08:06
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Londonning «Arsenal» klubi himoyasidagi so'nggi ajoyib natijalar haqida o'z munosabatini bildirdi.
Mikel Arteta boshqarayotgan jamoa ketma-ket etti o'yinda gol o'tkazmagan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Londonliklar 10 turdan so'ng 25 ochko to'plab, Premer-liga jadvalida 18:3 gol farqi bilan peshqadamlik qilmoqda.
“Arsenal”ning himoyasi haqida nima deyman? Umid qilamanki, bir kuni ular yana gol o'tkazadi», — dedi Gvardiola «Bornmut»ga qarshi 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, bu g'alabadan so'ng «Manchester Siti» jadvalda ikkinchi o'ringa ko'tarildi, ammo «kanonirlar»dan 6 ochko orqada qolmoqda.
