logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Gvardiola dubl qayd etgan Xoland haqida qanday fikrda?

 3 NOYABR, 2025, 08:00

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Bornmut» ustidan 3:1 hisobida qozonilgan g'alabadan so'ng Erling Xolandning o'yini haqida fikr bildirdi.

Norvegiyalik hujumchi uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi — u raqib darvozasini 17- va 33-daqiqalarda ishg'ol etdi.

«Biz Erling uchun imkoniyatlarni iloji boricha ko'proq yaratishimiz kerak, unga to'pni etkazib berish muhim. Biz juda omadlimiz — u nafaqat zo'r futbolchi, balki juda mehribon va samimiy inson ham. U hali ham o'z ustida ishlayapti va yanada kuchaymoqda. Uni statistikasi esa — haqiqatan ham hayratlanarli», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltirgan BBC nashri.

Erling Xoland Angliya Premer-ligasi bombardirlar poygasida 10 o'yinda 13 ta gol bilan ishonchli tarzda etakchilik qilmoqda — u eng yaqin ta'qibchisidan etti golga oldinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ