Barella ahmoqona taklifni ilgari surdi
9 DEKABR, 2022, 16:22
Italiya terma jamoasi va Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Nikolo Barella Evro va Amerika kubogi chempionlarining jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olmasligini adolatsizlik deb hisoblaydi.
“Italiya Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etmayotganidan hali ham juda xafaman. Maydonda mag'lub bo'lgan bo'lsak ham, tanlov natijasi adolatsiz bo'ldi. Bu safar biz edik, keyingi safar boshqa bo'lishi mumkin. Menimcha, Evro va Amerika kubogi g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga yo'l olishlari kerak”, — dedi Barella Gazzetta dello Sport nashriga.
Eslatib o'tamiz, "Skuadra Adzurra" amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi.