logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Parij "Masters" bosh sovrini va 1 000 000 AQSH dollari kimga nasib etdi?

 3 NOYABR, 2025, 08:00

Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinner ATP reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan kanadalik Feliks Oje-Alyassimga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Cinner qiyinchilik bilan g'alaba qozondi - 6/4, 7/6(4). Tennischilarning o'zaro uchrashuvi hisobida Yannik oldiga chiqib oldi - 3:2.


Uchrashuv statistikasi:

Yannik Sinner - 6 ta eys, 2 ta qo'shxato, 1 ta breyk

Oje-Alyassim - 8 ta eys, 2 ta qo'shxato, breykni amalga oshira olmadi


SHu tariqa, Sinner faoliyatidagi beshinchi "Masters" chempionligini qo'lga kiritdi. U 1000 reyting ochkosi hamda 946 610 evro mukofot puliga ham ega chiqdi. Oje-Alyassim esa 650 ochko hamda 516 925 € ishlab oldi. Bu Yannik uchun mavsumdagi beshinchi, faoliyatidagi 23-sovrin bo'ldi. Bu yil qo'lga kiritilgan titullar bo'yicha u qozog'istonlik Aleksandr Bublik (4)ni ortda qoldirdi. 2025 yilda 8 ta sovrin yutib ulgurgun Karlosu Alkaras bu borada peshqadam. 

Italiyalik yopiq kortda ketma-ket 26-o'yinda g'alaba qozondi. Bu Ochiq eradagi oltinchi g'alabali seriya bo'lib, faqat Jon Makinroy (47), Novak Jokovich (35), Rojer Federer (33, 29) va Ivan Lendl (32) yopiq kortda ketma-ket ko'proq g'alaba qozongan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ