logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xoland o'zining orzusi haqida gapirdi

 9 DEKABR, 2022, 16:05

"Manchester Siti" klubi va Norvegiya terma jamoasi markaziy hujumchisi Erling Xoland jahon chempionatida o'z milliy jamoasi bilan ishtirok etishni orzu qilishini aytdi.

“Jahon chempionati ajoyib voqea. Albatta, bunday turnirda o'ynashni orzu qilaman. Dunyoning eng kuchli jamoalarini kuzatish juda qiziq. Qatarda allaqachon ajoyib natijalar va sensatsiyalar bo'ldi. Endi biz turnirning eng qiziqarli bosqichini kutmoqdamiz, unda eng kichik xato sizni uyingizga qaytarishi mumkin. Bu jahon chempionatini yanada qiziqarli qiladi”, dedi Erling The National News nashriga.

Norvegiya terma jamoasi saralash turniridan o'ta olmagani uchun JCh-2022 yo'llanmasini qo'lga kirita oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR