logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:52
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Puyol Enrikeni qo'llab-quvvatladi

 9 DEKABR, 2022, 15:37

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Karles Puyol ijtimoiy tarmoqlarda Jahon chempionatining 1/8 finalida Marokashga (0:0, 0:3 pen.) mag'lub bo'lgach, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etgan Luis Enrikeni qo'llab-quvvatladi.

"Mening jamoamda hozir va doim Luis Enrike kabi odamlar bo'lishini xohlayman", - deb yozadi Puyol.

8 dekabr kuni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatining 1/8 finalida Marokashdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqishini ma'lum qildi. Uning o'rnini Ispaniya o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining sobiq murabbiyi Luis de la Fuente egalladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR