“Manchester Yunayted” mehmonlarga xom ovqat taqdim etdi
23 DEKABR, 2023, 15:06
“Manchester Yunayted” korporativ tadbirda mehmonlarga xom tovuq go'shti taqdim etilganidan so'ng, oziq-ovqat gigienasi bo'yicha 5 balldan 1 ball oldi.
Bu haqda Daily Mail jurnalisti Mayk Kigan ijtimoiy tarmoqlarda yozdi. Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” o'z oshxonasiga berilgan salbiy bahoga apellyatsiya beradi.
Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. O'n etti turda Erik ten Xag shogirdlari 28 ochko to'plashdi.
Erik ten Xag jamoasi navbatdagi o'yinni 23 dekabr, shanba kuni Londonda "Vest Xem"ga qarshi o'tkazadi.