logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Suares yangi klubida o'ziga raqam tanladi

 23 DEKABR, 2023, 15:00

Kutilganidek, hujumchi Luis Suares “Inter Mayami” jamoasiga kelib qo'shildi.

36 yoshli urugvaylik futbolchi MLS jamoasi uchun 9-raqamli libosda maydonga tushadi.

Tegishli suratlarni "Inter Mayami" matbuot xizmati e'lon qildi. Eslatib o'tamiz, “Inter Mayami”da Suares “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari bilan yana birlashdi.

Gap Lionel Messi, Serxio Buskets va Jordi Alba haqida ketmoqda. MLSning navbatdagi mavsumi fevral oyining ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.

Tarkibning kuchayib borayotganini hisobga olsak, "Inter Mayami" o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yishi mumkin. O'tgan mavsumda jamoa hatto pley-offga ham chiqa olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR