logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:21
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kovachich tarixdan joy oldi

 23 DEKABR, 2023, 14:36

"Manchester Siti"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Mateo Kovachich klublar o'rtasidagi jahon chempionatida uch xil jamoa bilan g'olib chiqqan birinchi futbolchi bo'ldi.

U buni "Real", "Chelsi" va "Manchester Siti" bilan qilgan.

Eslatib o'tamiz, kecha, 22 dekabr kuni “Manchester Siti” hamda Braziliyaning “Fluminense” klublari o'rtasida Klublar o'rtasidagi JCh-2023 final uchrashuvi bo'lib o'tdi. “Shaharliklar” 4:0 hisobida g'alaba qozonib, turnir g'olibi bo'ldi. Mateo Kovachich 60-daqiqada maydonga tushdi.

"Real Madrid" tarkibida Kovachich 2016 va 2017 yillarda ushbu xalqaro turnirda g'olib chiqqan. Xorvatiyalik yarim himoyachi 2021 yilda "Chelsi" bilan kubokni qo'lga kiritgan.

Joriy mavsumda Mateo Kovachich “Manchester Siti” safida barcha rasmiy turnirlarda 20ta o'yinda ishtirok etdi va bitta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR