Musiala EChL favoritlarini aytdi
23 DEKABR, 2023, 14:30
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala joriy Chempionlar ligasida qaysi klublarni g'alabaga asosiy da'vogar deb bilishini aytdi.
Myunxenliklar o'z guruhida "Kopengagen", "Galatasaroy" va "Manchester Yunayted"ni ortda qoldirdi.
1/8 finalda Tomas Tuxel shogirdlari “Latsio”ga qarshi bahs olib boradi. Musialaning so'zlariga ko'ra, agar "Bavariya"ni hisobga olmasangiz, turnirda yana uchta jamoa g'alaba qozonishi mumkin: "Men uchun bu "Real" va "Manchester Siti".
Ammo "Arsenal" Mikel Arteta qo'l ostida ham juda yaxshi futbol o'ynamoqda", - deya 20 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi jurnalist Maksimilian Kox.
“Real”ning 1/8 finaldagi raqibi “RB Leyptsig”, “Manchester Siti” “Kopengagen” bilan o'ynaydi, “Arsenal” esa “Portu” bilan bahs olib boradi.