"Arsenal"ning sobiq posboni 420 ming evro miqdorida jarimaga tortildi
23 DEKABR, 2023, 14:18
"Arsenal" va Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Yens Lemann 420 ming evro miqdorida jarimaga tortildi, deb xabar beradi Bild nashri.
O'tgan yili sobiq futbolchi qo'shnisining mulkiga kirib, zanjirli arra bilan garajga zarar etkazgan. 54 yoshli nemis bir necha marta to'xtash joyini pul to'lamasdan chiqib ketgan va politsiyachilarni haqorat qilgan.
Qayd etilishicha, prokuratura Lemann uchun shartli 10 oylik qamoq jazosini talab qilgan.