logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

La Liga. «Barselona» «Elche»ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

 3 NOYABR, 2025, 00:36

«Barselona» Ispaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan uchrashuvda o'z maydonida «Elche»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Hisob 9-daqiqada mezbonlar hujumchisi Lamin Yamal tomonidan ochildi. Ortidan 11-daqiqada Ferran Torres oradagi farqni oshirib, «ko'k-anorranglilar» ustunligini mustahkamladi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida «Elche» safida Rafael Mir bir gol urib hisobni qisqartirdi, ammo 61-daqiqada Markus Reshford kataloniyaliklarning uchinchi golini urdi.

Yarim himoyachi Fermin Lopes bu bahsda ikki bor golli uzatma berib, jamoa g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

11-turdan so'ng «Barselona» 25 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. «Elche» esa 14 ochko bilan to'qqizinchi pog'onada joylashgan.

La Liga. 11-tur
2 noyabr, yakshanba, 22:30
Barselona - Elche - 3:1
Gollar: Yamal, 9 (1:0). Torres, 11 (2:0). Mir, 42 (2:1). Reshford, 61 (3:1)
Barselona: Shesni, Balde (Martin, 74), Garsiya, Arauxo, Kunde, Fermin Lopes (Olmo, 66), Kasado, de Yong, Reshford (Levandovski, 74), Torres (Fernandes, 88), Yamal (Bardji, 88)
Elche: Penya, Nunes, Bigas (Fort, 70), Affengryuber, Pedrosa (Donald, 82), Aguado, Mir, Febas, Neto (Mendosa, 46), Valera (Santyago, 70), Andre Silva (Rodriges, 74)
Ogohlantirishlar: Neto, 35

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ