"Manchester Siti" futbolchisi 19 yoshida 5 ta sovrin yutdi
23 DEKABR, 2023, 13:48
"Manchester Siti"ning 19 yoshli himoyachisi Riko Lyuis jamoa bilan 5 ta turnirda g'alaba qozondi: Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi, Chempionlar ligasi, Evropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati. Bu haqda Squawka portali xabar bermoqda.
Umuman olganda, Riko Lyuis "Manchester Siti" safida barcha rasmiy turnirlarda 39 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 38 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, kecha, 22 dekabr kuni "Manchester Siti" hamda Braziliyaning "Fluminense" klublari o'rtasida Klublar o'rtasidagi JCh-2023 final uchrashuvi bo'lib o'tdi. "Shaharliklar" 4:0 hisobida g'alaba qozonib, turnir g'olibi bo'ldi.