logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Irlandiya aviakompaniyasidan trolling

 9 DEKABR, 2022, 10:17

JCh-2022 guruh bosqichida omadsizlikka uchragan azaliy kuchli jamoalar ijtimoiy tarmoqlarda turli darajada kalaka ostiga olinmoqda.

Ayniqsa, Qatarga bosh favoritlardan biri sifatida yo'l olgan, ammo o'z kvartetida 3-o'rin bilan cheklangan Germaniya milliy jamoasiga qaratilgan memlar juda ko'p.

Hattoki, Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi ham JCh-2022 guruh bosqichi yakunlariga befarq qaramadi, voqelikka munosabat bildirishda chetda qolmadi. Evropa aviatashuv biznesida o'z o'rniga ega kompaniya «Tvitter» ijtimoiy tarmog'idagi o'z sahifasida Qatar mundia­li bilan muddatidan ancha oldin xayrlashgan Germaniya va Belgiya milliy jamoalariga ajoyib trolling qilish imkoniyatidan unumli foydalandi.

Xullas, Ryanair aviakompaniyasi barchasini uch bo'lakdan iborat bitta suratda ifodaladi. Surat bo'laklariga yozilgan izohlarga gap bo'lishi mumkin emas. Mana, o'zingiz baho berishingiz mumkin:




Polsha tashuvchisi - Voytsex Shesni

Frantsiya tashuvchisi - Kilian Mbappe

Germaniya va Belgiya tashuvchisi - Ryanair

Qatar TV telekanali boshlovchilari ham to'g'ridan-to'g'ri efir vaqti Germaniya termasini kalaka ostiga olishdi. Boshlovchi «Germaniya termasini JCh-2022dan shunday kuzatib qo'ydik», - deya og'zini bir qo'li bilan yopgan holda, ikkinchisi bilan xayrlashuv ishorasini ko'rsatdi. Bunda studiya mehmonlari ham boshlovchi harakatini takrorlashdi. Eslatma, germaniyalik futbolchilar JChda One Love sardorlik bog'ichidan foydalanish taqiqlaganiga norozilik o'laroq, Yaponiya termasiga qarshi o'yin (1:2) oldidan og'izlarini yopgan holda suratga tushishgandi.

A.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR