Shotlandiya Liga kubogi. “Seltik” “Reynjers”ni engib, finalga yo'l oldi
2 NOYABR, 2025, 22:24
Shotlandiya Liga kubogi yarim finalida “Seltik” va “Reynjers” jamoalari to'qnash keldi.
Bellashuv 3:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Asosiy bo'limlarda durang qayd etildi, - 1:1. Qo'shimcha bo'limlarda “Seltik” g'alabani ilib ketib, final yo'llanmasiga ega bo'ldi.
Glazgo klubi final bahsini 14 dekabr kuni “Sent Mirren”ga qarshi o'tkazadi.
