logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Osimxen yangi shartnomaga ko'ra "Napoli"dan qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi

 23 DEKABR, 2023, 13:18

Viktor Osimxen "Napoli" bilan yangi shartnomasiga ko'ra 9-10 million evro + bonuslar ishlab oladi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Bugun, 23 dekabr kuni tomonlar o'rtasida kelishuvni yopish uchun uchrashuv bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Oldinroq 24 yoshli nigeriyalik futbolchining tovon puli taxminan 130 million evroni tashkil qilishi ma'lum bo'lgandi. Shartnomaning o'zi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Bahorda tovon pulining kattaligi klub va futbolchi o'rtasidagi muzokaralarda to'siqlardan biri bo'lgan, chunki neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis tovon pulini 200 mln evro qilib belgilamoqchi bo'lgandi.

Viktor “Napoli” safida 2020 yil sentyabridan buyon o'ynab kelmoqda va shu vaqt ichida u 119 ta o'yinda 69 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'tgan mavsumda forvard klub bilan Italiya chempionligini qo'lga kiritdi va 31 gol bilan turnir to'purari bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ