"Vest Xem" ustozi: "Bugungi g'alaba klubimiz uchun ham katta ahamiyatga ega"
2 NOYABR, 2025, 22:12
"Vest Xem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Angliya Premer-ligasining 10-turida "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Futbolchilar Premer-ligadagi o'yinda g'alaba qozonish juda ko'p mehnat talab qilishini tushunishadi. Bu ishni davom ettiramiz. G'alaba vazifani osonlashtiradi, yuzimizga tabassum yuguradi, oyog'imiz engilroq bo'ladi. Bugungi g'alaba klub sifatida biz uchun ham, muxlislarimiz uchun ham katta ahamiyatga ega. Umid qilamizki, keyingi haftada ham shunday natijaga erishamiz va bu muhitni saqlab qolamiz", - dedi murabbiy o'yindan so'ng.
Uchrashuv 2 noyabr kuni bo'lib o'tdi va "Vest Xem"ning g'alabasi bilan yakunlandi. "Nyukasl" o'yin boshida gol urdi, ammo keyin mezbonlar "qarg'alar" darvozasini uch marta ishg'ol qilishdi.
