"Inter" futbolchisi Kot-d'Ivuar terma jamoasida o'ynaydimi?
2 NOYABR, 2025, 22:06
Kot-d'Ivuar terma jamoasi "Inter" hujumchisi Anj-Yoan Bonnini fuqarolikka jalb qilmoqchi.
Bu haqda Africa Top Sports nashri xabar berdi.
Afrika terma jamoasi bosh murabbiyi Emers Fae Bonni bilan ishlash istagi borligini ma'lum qildi.
"U biz uzoq vaqtdan beri kuzatib kelinayotgan futbolchi, hatto u "Inter"ga o'tishidan oldin ham. Biz Bonni va uning jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Umid qilamizki, u bizning loyihamizga jamoaviy va individual tarzda qiziqish bildiradi", - dedi Fae.
Bonni kelib chiqishi Ivuardan, lekin yoshlar darajasida u turli yoshdagi Frantsiya terma jamoalarida o'ynagan. U jami 19 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. U hali Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmagan.
Shu yozda Bonni 23 million evro evaziga "Parma"dan "Inter"ga o'tdi. Joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi “Inter” safida barcha turnirlar doirasida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
