"Nyukasl" ustozi: "Hafsalamiz pir bo'ldi"
2 NOYABR, 2025, 22:00
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya Premer-ligasining 10-turida "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinni oqlay olmayman; bunday startdan so'ng, bu juda xafa qildi. O'yinni nazorat qila olamiz deb o'ylagandim, ammo bu sodir bo'lmadi. Biz "Vest Xem"ga o'ziga xos bo'lmagan xatolarga yo'l qo'yib, oldinga chiqib olishiga imkon berdik. Biz bugun birgalikda yomon o'ynadik va bu o'z so'zini aytdi. Biz o'z muammolarimizni yaratdik. Bizning juda xafsalamiz pir bo'ldi, o'zimizdan xafa bo'ldik, chunki ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozonish imkoniyatini qo'ldan boy berdik" - dedi Xau.
Uchrashuv 3:1 hisobida "Vest Xem" foydasiga hal bo'ldi.
