Otabek Narzullaev: «Bugungi g'alaba bizga suv va havodek zarur edi»
2 NOYABR, 2025, 21:36
Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Mash'al" — "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— Bugungi g'alaba suv va havodek zarur edi. Juda ko'p mag'lubiyatlar bo'lgandi, qachondir g'alaba bo'lishi kerak edi. Qiyin g'alaba bo'ldi. To'g'ri bahs so'nggida vaziyatlardan foydalana olmadik. Barchani tabriklayman. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi", — dedi Otabek Narzullaev.
— Bugun o'yin davomida uch nafar futbolchi jarohat tufayli almashtirildi. Ularning holati qanday?
— Hozircha bilmayman, tekshiruvlardan keyin aniq bo'ladi. Javohir Abdualimovning holati yaxshi emas deyishmoqda, bilmadim bu nima bilan bog'liq. Dmitriy Yashin oyog'ida ozgina noqulaylik his qilgani uchun almashtirdik. Anvar Murodov esa raqib bilan to'qnashuvdan keyin almashtirishga majbur bo'ldik. Albatta bu o'zgarishlar bizning rejalarimizga ta'sir qildi.
