logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Neymar sentyabr oyidan beri ilk bor maydonga tushdi

 2 NOYABR, 2025, 21:30

Neymar olgan jarohatidan 45 kun o'tib, maydonga qaytdi. U Braziliya chempionatining "Santos" - "Fortaleza" (1:1) uchrashuvining so'nggi 20 daqiqasida maydonga tushdi.

U uchta uzatmani amalga oshirdi, to'rtta driblingdan ikkitasini muvaffaqiyatli yakunladi, to'rtta qoidabuzarlik qildi va jarima zarbasidan oldin "paradina" bilan ajoyib lahzani ko'rsatdi - u darvozaga xavfli zarba berishdan oldin fint qildi.

Neymarning "Santos"dagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda. Uning shartnomasi dekabr oyida tugaydi va hozircha hech bir tomon uni uzaytirish niyati yo'q. Mish-mishlarga ko'ra, Neymarning o'zi 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o'z formasini tiklash uchun qishda Evropaga qaytishni xohlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ