logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Fayzullaev qishda TsSKAdan ketadimi? Uning agenti aniqlik kiritdi

 23 DEKABR, 2023, 12:24

Yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev qishki transfer oynasida TsSKAni tark etmaydi. Bu haqda 20 yoshli futbolchi bilan hamkorlik qiluvchi ProSports agentligi rahbariyati xabar berdi.

“Biz qishda Fayzullaev bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmoqchi emasmiz. Biz u bilan buni muhokama qildik va klub bilan bu qanday bo'lishi kerakligi va eng muhimi qachon bo'lishi haqida umumiy ichki tushunchaga egamiz", - dedi agent Qaxxor Mo'minov Sport-Ekspress nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Fayzullaev moskvaliklar safida 18 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ