Skaloni argentinalik jurnalistlarni tanqid qildi
9 DEKABR, 2022, 02:01
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni argentinalik jurnalistlarni jamoaning yopiq mashg'ulotidan so'ng yarim himoyachi Rodrigo De Paulning tiklanishi haqidagi ma'lumot uchun tanqid qildi.
3 dekabr kuni yarim himoyachi Avstraliyaga qarshi Jahon chempionatining 1/8 finalida (2:1) son mushaklari bilan bog'liq jarohat oldi. Uning Niderlandiyaga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida edi.
“Bolalar, kecha mashg'ulotlar yopiq eshiklar ortida o'tkazildi. Bilmadim, siz bilan men Argentina yoki Niderlandiya terma jamoasida o'ynaymizmi, raqibga maslahat berasizmi? Mashg'ulotlar yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi. Bizni matbuotga tashlanayotgan ma'lumotlar qiziqtirmaydi. Biz Argentina terma jamoasi atrofidagi muhitni yaxshilashimiz kerak", - deya mutaxassisdan iqtibos keltiradi Ole.