"MYu" himoyachisi jarohat sabab navbatdagi o'yinlarda yordam bermaydi
23 DEKABR, 2023, 11:36
"Manchester Yunayted" himoyasida navbatdagi muammo yuzaga keldi. Shvetsiyalik futbolchi Viktor Lindelyof "qizil iblislar" mashg'ulotlarida jarohat olib, noma'lum muddatga safdan chiqdi.
Bu mavsumda 29 yoshli shved mankunianliklar safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. U 2017 yilda "Benfika"dan 35 million evroga sotib olingandi.