logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:52
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Real"ga braziliyalik himoyachi kerak

 23 DEKABR, 2023, 10:54

Madridning "Real" klubi RPLdan o'yinchi sotib olmoqchi.

AS xabariga ko'ra, "qirollik klubi" huquqlari Sankt-Peterburgning "Zenit" klubiga tegishli bo'lgan braziliyalik himoyachi Robert Renanga qaramoqda.

Manbaga ko'ra, ispan grandi janubiy amerikalik futbolchini yanvardagi transfer oynasida keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni kutmoqda.

Renan hozirgi klubi safiga 2023 yilning yanvarida kelib qo'shilgandi. Braziliyalik futbolchi bilan besh yilga uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolangan.

Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini to'qqiz million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Robert "Zenit" tarkibida sakkizta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR