"Ahmoqlik qildim". Oliveyra Topuriya bilan jangni esladi
2 NOYABR, 2025, 18:00
CHarlz Oliveyra Iliya Topuriyadan mag'lub bo'lgani uchun o'zini aybladi."Men ahmoqlik qildim... Nima o'ylaganman? Uni yiqitaman-da, qo'llarimni ishlataman deb o'yladim. Albatta, qo'llarimni ishlatdim, lekin Iliya birinchi bo'lib urdi. SHuning uchun men ahmoqlik qildim", — dedi sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Iliya Topuriya UFC 317 turnirida CHarlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Manba: olamsport.com
