logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Roma» afsonasi Vieyraning o'rnini egallashi mumkin

 2 NOYABR, 2025, 17:30

«Roma» afsonasi Daniele De Rossi «Jenoa» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlar qatoriga kiritilgan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Frantsiyalik mutaxassis Patrik Vieyra 1 noyabr kuni o'z lavozimidan ozod etilgan edi. Yaqinda bo'ladigan «Sassuolo»ga qarshi bahsda jamoani vaqtinchalik mutaxassislar dueti — Roberto Murgita va Domeniko Krishito boshqarib turadi.

Hozirda A Seriya jadvalida 9 turdan keyin bor-yo'g'i 3 ochko bilan oxirgi o'rinda borayotgan «Jenoa» shundan so'ng doimiy bosh murabbiy izlashni boshlaydi.

Ehtimol, Krishito va Murgita jamoa boshqaruvida uzoqroq qolishi ham mumkin. Shuningdek, bosh murabbiy lavozimiga Raffaele Palladino, Paolo Vanoli, Luka Gotti va Daniele De Rossi nomzod sifatida ko'rilmoqda. De Rossi 2024/25 mavsumida «Roma»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ