logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Superliga. "Neftchi" "Surxon"ni mag'lub etdi va chempionlikka yana bir qadam yaqinlashdi

 2 NOYABR, 2025, 17:06

Superliga 27-turida "Neftchi" o'z maydonida "Surxon"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Farg'onaliklar safida Zoran Marushich dubl muallifiga aylandi. Termizliklarning yagona javob golini Behruz Karimov kiritdi.

"Neftchi" ochkolarini 60 taga etkazib turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo'lib oldi.

"Surxon" 28 ochko bilan 12-o'rinda.

Superliga. 27-tur
2 noyabr, yakshanba, 15:00, «Istiqlol» (Farg'ona)
Neftchi - Surxon - 2:1
Gollar: Zoran Marushich - 21 (1:0), Zoran Marushich - 59 (2:0), Behruz Karimov - 71 (2:1).
Neftchi: Botirali Ergashev, Boyan Tsiger, Ikromjon Alibaev, Abrorbek Ismoilov (Bilolxon Toshmirzaev,82) Vladimir Yovovich (Alisher Odilov,62), Jamshid Iskanderov, Anvarjon G'ofurov, Muxsinjon Ubaydullaev, Yovan Jokich, Zoran Marushich (Silvanus Nimeli, 78), Farruh Sayfiev
Surxon: Dilshod Yo'ldoshev, Behruz Karimov, Nodirxon Ne'matxonov, Jamaliddin Hojaniyazov, Behzod Shamsiev, Rustam Turdimurodov, Nodir Abduxoliqov, Muhammad Ali Abdurahmonov, Javohir Jo'raev (Sarvar Abduhamidov,84), Asilbek Jumaev (Asadbek Karimov,61), Sunnatilla Poyonov (Behruz Shukurullaev, 84)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ