logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Kostich "Yuventus" tarixiga kirdi

 2 NOYABR, 2025, 15:54

Italiya chempionati — A Seriyaning o'ninchi turidan o'rin olgan uchrashuvlardan birida Turinning «Yuventus» jamoasi «Kremoneze» mehmoni bo'lib, yangi bosh murabbiy Luchano Spalletti qo'l ostidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisob juda tez ochildi — uchrashuv boshlanganiga 85 soniya to'lmasdan serbiyalik hujumchi Filip Kostich mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi.

Ma'lum bo'lishicha, bu turinliklar uchun A Seriyadagi safar o'yinlarida tarixdagi ikkinchi eng tez urilgan gol hisoblanadi. Faqat bir marta, 2008 yil 20 aprel kuni, «Yuventus» safarda bundan ham tez gol urgan — o'shanda Nikola Legrottale «Atalanta»ga qarshi bahsda 46-soniyada darvozani ishg'ol etgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ