Evra: «Istalgan natijadan ajablanmayman»
8 DEKABR, 2022, 18:38
Frantsiya shanba kuni jahon chempionatining chorak finalida Angliyaga qarshi bahs olib boradi. Bo'lajak o'yin haqida Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Patris Evra fikr bildirdi.
«O'yin oldidan o'zgacha ishonchni his qilyapman, ammo bu takabbur emas. O'ylaymanki, qiziqarli o'yin bo'ladi.
Angliya Mbappe kabi futbolchilar haqida qayg'urishi kerak, ammo Frantsiya ham Saka va Foden kabi futbolchilar haqida jiddiy o'ylamasa bo'lmaydi.
Menimcha, Frantsiya Angliyani tor-mor etmoqchi. Ammo Angliya Frantsiyani mag'lub etishga qodir. Men jamoaga ishonaman, lekin istalgan natijadan ajablanmayman», - deya «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisining so'zlarini keltiradi Goal.com.