logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Alonso Mbappe bir mavsumda nechta gol urishi haqida fikr bildirdi

 2 NOYABR, 2025, 13:30

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening samaradorligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Frantsiyalik futbolchi shanba kuni bo'lib o'tgan «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi. Ushbu bahs «qaymoqranglilar»ning 4:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Yilning joriy qismida yulduz hujumchi barcha musobaqalarda 14 o'yinda 18 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

«Mbappe bu mavsumda 70 ta gol ura oladimi? Aniq raqamni bilmayman, lekin u juda ko'p gol uradi — bu aniq», — deb Xabi Alonsoning so'zlarini Madrid Universal nashri keltirgan.

4 noyabr, seshanba kuni «Real» Chempionlar ligasi doirasida safarda «Liverpul»ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ