logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Dahshatli gol urgan Karreras «Valensiya» ustidan qozonilgan g'alabaga munosabat bildirdi

 2 NOYABR, 2025, 13:24

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras jamoa safidagi ilk golini urdi.

22 yoshli futbolchi La Liganing 11-turidagi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ispaniyalik himoyachi 84-daqiqada gol urib, hisobni yakuniy 4:0 ko'rinishiga keltirdi.

«Men shoshilmadim, zarbaga butun vujudimni bag'ishladim. Bu lahza haqida orzu qilganman.

O'ylaymanki, men hali ham yanada yaxshiroq o'yinchi bo'lishim mumkin. “Real” libosida ilk golimni urganimdan juda xursandman. “Santyago Bernabeu”da muxlislarimizning oldida o'ynash — bu haqiqatan ham ajoyib his», — deb Karrerasning so'zlarini Madrid Universal keltirdi.

Eslatib o'tamiz, «qaymoqranglilar» o'z tarbiyalanuvchisini yozda «Benfika»dan 50 million evroga qayta sotib olgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ