Spalletti «Yuventus» boshqaruvidagi debyut g'alabasi haqida fikr bildirdi
2 NOYABR, 2025, 13:18
Italiya chempionatining o'ninchi turidan o'rin olgan safar uchrashuvida Turinning «Yuventus» jamoasi «Kremoneze»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Bu natija haqida «keksa sinora» bosh murabbiyi Luchano Spalletti fikr bildirdi.
«Jamoa uchrashuvning birinchi yarmining katta qismini yaxshi o'tkazdi. Bizda etarlicha golli imkoniyatlar bo'ldi, endi faqat ularni amalga oshirish ustida ishlashimiz kerak. Jamoada katta salohiyat bor», — deb italiyalik mutaxassisning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirgan.
«Byankonerilar» 18 ochko jamg'argan holda A Seriya jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Spalletti shogirdlari etakchi «Napoli»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.
