logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Slot «Real»ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi

 2 NOYABR, 2025, 13:18

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasidagi yaqinlashib kelayotgan «Real»ga qarshi o'yindan nimani kutmayotgani haqida gapirdi.

Shanba kuni mersisaydliklar Premer-ligadagi muvaffaqiyatsiz seriyani to'xtatib, «Aston Villa»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Endi esa seshanba kuni ular o'z maydonida «Real»ni qabul qiladi.

«Chempionlar ligasi uchrashuvlari har doim o'ziga xos bo'ladi, ammo “Real”ga qarshi o'yinlar — yanada o'zgacha. Biz juda jiddiy sinov oldida turibmiz, ammo bu o'yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz», — dedi Slot «Aston Villa» ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi intervyusida.

«Liverpul» va «Real» o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ