Anchelotti Maradona va Messi o'rtasida tanlov qildi
8 DEKABR, 2022, 16:41
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tarixdagi eng yaxshi argentinalik futbolchi nomini aytdi. Italiyalik murabbiy Lionel Messi va Diego Maradona o'rtasida tanlov qildi.
«Men Maradonaga qarshi o'ynaganman. Hurmat bilan men uni tanlagan bo'lardim», - deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.
Eslatib o'tamiz, Maradona faoliyati davomida 1986 yilda jahon chempionatida g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgandi. Messiga kelsak, Lionel hozirgacha Argentina bilan finalga qadar etib borgan, 2014 yilda «ko'k-oqlar» Germaniyaga minimal hisobda yutqazgan edi.
Ertaga Messi jahon chempionatining yarim finaliga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun Argentina Niderlandiya terma jamoasini turnirdan chiqarib yuborishi kerak bo'ladi.