logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Arne Slot: «Turnir jadvalida «Arsenal» etakchi bo'lishi «Manchester Siti»ga nisbatan yaxshiroq»

 2 NOYABR, 2025, 12:48

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasidagi chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.

Shanba kuni mersisaydliklar o'z maydonida «Aston Villa»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, mag'lubiyatlar seriyasiga chek qo'yishdi. «Qizillar» jadvalda ettinchi o'rindan uchinchi pog'onaga ko'tarilishdi, ammo etakchi «Arsenal» bilan farq o'zgarmadi — etti ochko. Xuddi shu kuni «kanonirlar» ham «Byornli»ni 2:0 hisobida yutishgan edi.

«Chempionlik uchun kurashmi? Hozir bu haqda o'ylamayman, ammo ehtimol, biz uchun etakchi o'rinda “Arsenal”ning bo'lishi “Manchester Siti”ga nisbatan foydali», — dedi Slot TNT Sportsga bergan intervyusida.

Xosep Gvardiola boshqarayotgan jamoa o'z o'yinini bugun o'tkazadi — raqib «Bornmut», u jadvalda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. «Shaharliklar» hozircha sakkizinchi pog'onada, «Arsenal»dan to'qqiz ochkoga ortda, ammo bir o'yin zaxirasi bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ