logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joshua Buatsi yana g'alabali yo'lga qaytib oldi

 2 NOYABR, 2025, 12:48

Kecha tunda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi bo'yicha britaniyalik sobiq vaqtinchalik chempion Joshua Buatsi hamyurti Zak Parkerga qarshi ringga ko'tarildi.

O'n raundlik jang to'liq davom etib, yakunda Buatsi ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi. Bu Joshua uchun fevral oyida Kallum Smitga uchralgan mag'lubiyatdan keyingi ilk bahs edi.

Endi 32 yoshli Joshua Buatsi hisobida 20 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor. Undan bir yosh kichik Zak Parkerning rekordi esa 26-2-0 ko'rinishiga keldi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ