Shirer: «Bu jamoada hech qanday zaif joy ko'rmayapman»
2 NOYABR, 2025, 12:48
Angliya terma jamoasi va «Nyukasl»ning sobiq hujumchisi Alan Shirer Premer-liga joriy mavsumida Londonning «Arsenal» jamoasi o'yini haqida fikr bildirdi.
«Bu jamoada hech qanday zaif joy ko'rmayapman. Ular yana standart holatdan gol urdi, ammo bu faqat ularning o'yin uslubining bir qismi, xolos. Menga murabbiylar shtabi Timber va Kalaforini hujumda qanday foydalanayotgani yoqadi. Ular son jihatdan ustunlik yaratishadi va standart vaziyatlarda imkoniyatlaridan samarali foydalanishadi», — deb Shirerning so'zlarini BBC Sport keltirdi.
Angliya chempionatining o'ninchi turida «kanonirlar» «Byornli»ni 2:0 hisobida mag'lub etishgan. «Arsenal» APL jadvalida yakka etakchilikni saqlab qolmoqda.
