Pavlovich UFC'ga murojaat qildi: "Keyingisi kim?"
8 DEKABR, 2022, 16:00
Sergey Pavlovich UFC'ga murojaat qildi.Og'ir vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Sergey Pavlovich ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi va unda UFC'dagi so'nggi beshta jangini birinchi raundda nokaut bilan yakunlaganini eslab o'tdi.
"Birinchi raundda 5 ta nokautli seriya! Keyingisi kim bo'ladi?", - deb yozgan Pavlovich.
Sergey Pavlovich so'nggi 3 dekabr kuni Orlando (AQSH)da tashkil etilgan UFC Fight Night musobaqasida avstraliyalik Tay Tuivasaga qarshi oktagonga chiqib, ilk raunddayor nokaut hisobiga g'alaba qozongan edi.
Manba: olamsport.com